

"Tuxel - juda yaxshi murabbiy, u menga Gvardiolani eslatib yuboryapti. Men Tuxelning "Borussiya"dagi mashg'uloti, uning futbolni ko'rishi va mendan talab qilayotganlarini nazarda tutyapman. Buning hammasi menga ko'nikishga yordam berdi. O'zim taxmin qilganimdan ko'ra ko'nikishim osonroq kechdi. Faqat vaqt o'tkazish uchun "Borussiya"ga o'tmoqchi emasdim. Ilk kundan o'z imkoniyatimdan foydalanmoqchi bo'ldim. Endi barcha sohada o'syapman" - deydi Bartra.



