Bartomeu: "Inesta faoliyatini "Barselona"da tugatishi kerak"
Tolibjon Qosimov
5 sen 2017, 20:58
"Barselona" prezidenti Xosep Mariya Bartomeu jamoa yarim himoyachisi Andres Inestaning keyingi yil yozda klubdan ketishi mumkinligi haqidagi mish-mishlarga izoh berib o'tdi.
"Inesta bilan yangi shartnoma haqida og'zaki kelishuvimiz bor. U hech qaerga kyetmaydi, biz bilan qoladi. Andres faoliyatini "Barselona"da tugatishi kerak", - dedi Bartomeu.