"Barselona"ning Ispaniya Kubogidagi uchrashuvi yarim soatga kechiktirildi

Administrator
17 dek 2025, 00:18
Bunga xavfsizlik masalasidagi muammolar sabab bo'lgan.

Ispaniya Kubogining 1/16 final bosqichida mamlakatning uchinchi ligasiga mansub "Gvadalaxara" hamda Kataloniyaning "Barselona" jamoalari o'rtasidagi uchrashuv 30 daqiqaga kechiktirildi. Bu haqda rasman ma'lum qilindi. Hakamning boshlang'ich hushtagi Toshkent vaqti bilan soat 01:30 da yangraydi. 

Manbalarga ko'ra, uchrashuvni kechiktirish to'g'risidagi qaror xavfsizlikni taminlash maqsadida qabul qilingan. Muammo muxlislarning stadionga kirishi bilan bog'liq.

"Gvadalaxara" turnirning avvalgi ikki bosqichida ikki g'alabani qo'lga kiritgan.

O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: https://x.com/deporguada