"Barselona"ning "El-Klassiko" uchun qaydnomasi e'lon qilindi. Muxlislar kutgan futbolchi yo'q

Aslanov Jasurbek
22 dek 2017, 17:41
"Barselona"ning ijtimoiy tarmoqlardagi safihalari "El-Klassiko" uchun 18 kishilik qaydnomani e'lon qildi.

Darvozabonlar: Mark-Andre ter Shtegen, Yasper Sillessen.

Himoyachilar: Nelson Semedu, Xerard Pike, Xordi Alba, Luka Din, Xaver Maskerano, Aleyks Vidal, Tomas Vermalen.

Yarim himoyachilar: Ivan Rakitich, Serxio Buskets, Serxi Roberto, Denis Suares, Andres Inesta, Paulino, Andre Gomesh.

Hujumchilar: Luis Suares, Lionel Messi.

Oldinroq, ispan OAV Usmon Dembele "Real"ga qarshi bahsgacha oyoqqa turishini ma'lum qilishgan edi. Kataloniya klubi bosh murabbiyi Ernesto Valverde uni tarkibga kiritmadi va tavakkal qilishni istamadi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia