"Barselona"ni italiyalik murabbiy boshqarishi mumkin

Aslanov Jasurbek
25 fev 2017, 13:13
"Barselona" klub bosh murabbiyligiga "Yuventus" ustozi Massimiliano Allegrini taklif qilishi mumkin.

Ma'lumotlarga ko'ra, "Milan"da Allegri bilan birga ishlagan kataloniyaliklar sport direktori Ariedo Brayda klub rahbariyatini 49 yoshli mutaxassis bilan shartnoma tuzishga undashi mumkin.

Oldinroq Luis Enrike o'rniga Ronald Kuman va Maurisio Pochettino tayinlanishi mumkinligi haqida ma'lumotlar paydo bo'lgan edi.

Allegriga "Arsenal" ham qiziqish bildirmoqda.

49 yoshli mutxassis va "Yuventus" o'rtasidagi bitim yana bir yarim yildan so'ng o'z kuchini yo'qotadi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Calciomercato.com