"Barselona"ga transferi rasmiylashtirilmagunicha Dembele Fransiyada qoladi
Aslanov Jasurbek
17 avg 2017, 15:27
Dortmundning "Borussiya" klubi hujumchisi Usmon Dembele uning "Barselona"ga transferi e'lon qilinmaguncha Fransiyada qolmoqchi.
20 yoshli futbolchi mashg'ulotlarning birida ishtirok etmagani uchun jamoadoshlari bilan shug'ullanishdan chetlatilgan edi. Ma'lumotlarga ko'ra, "Borussiya" Usmonni 100 mln. evro va 30 mln. evro bonus evaziga qo'yib yuboradi.