"Barselona"ga Simeone kerak

Mirjalol Normatov
9 sen 2018, 15:21
"Barselona" "Fiorentina" hujumchisi Jovanni Simeonening xizmatlariga qiziqish bildirmoqda.

AS xabariga ko'ra, "ko'k-anorranglilar" kelgusi yozda 23 yoshli futbolchi uchun kurashadi. Argentinalik hujumchi uchun ayni damda uning otasi boshqarayotgan "Atletiko" da'vogarlik qilmoqda.

Bu mavsumda Simeone "Fiorentina" tarkibida 2 o'yinda qatnashib, 1 gol urdi va 1 golga assistentlik qildi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: AS