"Barselona" yuqori narx sabab Gozensning transferidan voz kechdi

Alisher
22 iyun 2021
"Atalanta" himoyachisi Robin Gozens "Barselona" qiziqishlari doirasida edi.

Ammo, ispan klubi futbolchining narxini yuqori deb hisobladi. "Atalanta" 26 yoshli germaniyalikning sotuvidan kamida 35 million evro ishlab olmoqchi.

Bir necha hafta oldin bergamoliklar Gozens bilan shartnomani 2023 yilga qadar uzaytirish bandini faollashtirishgan edi. Bitimda tovon puli ko'zda tutilmagan.

Gozens o'tgan mavsum A Seriya doirasidagi 32ta o'yinda maydonga tushib, 11ta gol urishga erishdi.


AlisherMuallif
Manba: Mundo Deportivo