"Barselona" yozda o'ng qanot himoyachisini sotishga tayyor

Sherzod Nurmatov
5 apr 2021, 00:23
"Barsa" o'ng qanot himoyasida muammo yo'q deb hisoblaydi. Shuning uchun bu chiziqning bir vakili bilan xayrlashish niyatida.

Ma'lum bo'lishicha, kataloniyaliklar 22 yoshli Emersonni  sotish orqali taxminan 25 million evroga ega bo'lishni rejalashtirmoqda.  Ushbu miqdorning 50 foizi "Betis"ga o'tkazilishi mumkin.

Kataloniyaliklar braziliyalikka PSJ bilan muzokara olib borishiga ruxsat berishdi.

O'ng qanot himoyachisi ushbu mavsumda barcha musobaqalarda 2 ta gol urib, 4 ta golli pas berdi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: football-espana.net