"Barselona" yozda Grizmann uchun qancha taklif qilganini bilasizmi?

Aslanov Jasurbek
19 sen 2017, 12:12
"Barselona" bosh murabbiyi Ernesto Valverde "Atletiko" hujumchisi Antuan Grizmann xizmatlariga qiziqish bildirgan.

Ma'lumotlarga ko'ra, Kataloniya klubi yozda Fransiya terma jamoasi futbolchisi uchun 140 mln. evro taklif qilgan, biroq "Atletiko" taklifni rad etdi. Bundan tashqari, Grizmanni xarid qilish ko'k-anorranglilar forvardi Lionel Messiga ham yoqqan bo'lardi. Ayni damda Grizmanning shartnomasidagi tovon puli 200 mln. evro. Futbolchining xizmatlariga "Manchester Yunayted" ham qiziqish bildirgan.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Onda Cero