"Barselona" yaqin vaqtlarda transferlardan 65 million evro ishlab oladi

Mirjalol Normatov
16 iyun 2019, 20:56
Iyun oyi yakuniga qadar "Barselona"ni bir necha futbolchilar tark etishi kutilmoqda.

"Diario Sport" xabariga ko'ra, yaqin vaqtlarda "Barselona" yangi mavsum oldidan o'z moliyaviy holatini yaxshilab olish uchun 65 million evrolik futbolchilarini sotadi.

Ayni damda "qora ro'yxat"da Yasper Sillessen, Adrian Ortola, Serxi Palensiya, Marko Kukurelya, Denis Suares, Andre Gomesh va Rafinya kabi futbolchilar bor.

Agarda "Barselona" 120 million evro evaziga "Atletiko"dan Antuan Grizmanni sotib oladigan bo'lsa, yuqorida nomi keltirilgan futbolchilarni sotib yuborishga majbur bo'ladi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Diario Sport