

"Barselona" rahbariyati moliyaviy qiyinchiliklar davri sekin-asta ortda qolayotganiga ishonadi va ushbu mavsum oxirida barchasi o'z o'rniga tushadi deb hisoblamoqda. Shuningdek, jamoa YCHLda muvaffaqiyatli qatnashish orqali ham ma'lum darajada pul ishlab olishni ko'zlagan.
"Barsa" keyingi yil yozida tarkibini neapolliklarning gruziyalik yarim himoyachisi Xvicha Kvaratsxeliya bilan kuchaytirib olishni niyat qilgan.
O'z navbatida "Napoli" Kvaratsxeliyani 100 mln evrodan kamiga sotmoqchi emas.



