"Barselona" xayriya uchrashuvida ishtirok etdi

Ispaniyaning Kartaxena shahrida o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazildi.

Mazkur bahsda La Liganing amaldaga chempioni - "Barselona" mahalliy "Kartaxena" klubi bilan bahs olib bordi. Pike va Usmon Dembele ishtirok etgan  uchrashuvda kataloniyaliklar(2:0) zafar quchishdi.

Takidlash lozimki, "Kartagonova" o'yingohida o'tkazilgan ushbu uchrashuvdan tushgan mablag' Mursiyadagi toshqin qurbonlari uchun sarflanadi.


"Kartaxena" - "Barselona" - 0:2

Gollar: Peres, 64 (0:1). Markes, 88 (0:2).

"Barselona": Netu, Pike (Chumi, 37), Firpo (Xayme, 46), Arauxo (Mingesa, 67), Morer (Akeme, 46), Alenya, Serji Roberto (Monchu, 37), R.Puch (Sarsanedas, 67. Orelyana, 73), Dembele (Kolyado, 46), Saverio (Markes, 67), Peres (Abe, 76).



Manba: championat.asia