"Barselona" "Valensiya"ning 17 yoshli vingerini nishonga oldi

Omonjon To`xtamirzayev
27 mar 2021
"Barselona" "Valensiya" vingeri Fabio Blankoga qiziqmoqda, deb xabar beradi Diario Sport.

Kataloniya klubi sport bo'limi 17 yoshli futbolchiga klub uchun muhim variantlardan biri sifatida qaramoqda.

Yaqin haftalar ichida "Barsa" ispaniyalik futbolchining transferi ustida ishlashni boshlaydi.

Ispaniyada Blankoni "yangi Ferran Torres" deb atashmoqda. Eslatib o'tamiz, "Manchester Siti" sharafini himoya qilayotgan Ferran vaqtida "Valensiya" tarkibida to'p tepgan.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: championat.asia