"Barselona" va "Liverpul" bir o'yinchi uchun kurashadi

Alisher
24 noya 2024, 13:38
"Barselona" "Ayaks"ning 21 yoshli o'ng qanot himoyachisi Devayn Renshga qiziqish bildirmoqda.

"Ko'k-anorranglilar" bosh murabbiyi Xans-Diter Flik jamoaga shu poziciya uchun o'yinchilar yetishmayapti deb hisoblamoqda. Shu bilan birga, "Barselona" o'ng qanot himoyachi roli uchun Jyul Kundening o'yiniga shubha qilmayapti.

Qayd etilishicha, ayni damda kelayotgan yozda Niderlandiya grandi bilan shartnomasi yakuniga etayotgan Rensh bilan bitim borasida yakuniy qarorga kelinmagan. Himoyachiga shuningdek "Liverpul" va "Tottenxem" befarq emas, "Ayaks"ning o'zi ham o'yinchiga shartnomani uzaytirish uchun yaxshi taklif bermoqda.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Sport.es