"Barselona" va "Chelsi" David Luiz borasida deyarli kelishuvga erishdilar

Tolibjon Qosimov
20 fev 2014, 12:57
Fichajes.net nashrining xabariga ko'ra, Kataloniyaning "Barselona" klubi markaziy himoyachi qidirishda davom etadi.
"Barsa" "Chelsi" himoyachisi David Luizga yana e'tibor qaratdi. Yozda "ko'klar" futbolchini sotishni istamagandi.

Biroq Mourinyo braziliyalik futbolchi unga kerak emasligini ko'rsatmoqda. "Chelsi" uni 30 million evroga sotmoqchi, "Barsa" esa eng ko'pi bilan 27 million bermoqchi.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: football.kulichki.net