Barselona Umtitini 25 mln evroga sotib olganini e'lon qildi

Narzulla Saydullayev
12 iyul 2016
Lion va Fransiya terma jamoasi himoyachisi Samyuel Umtiti rasman Barselonaga ko'chib o'tdi.

Kataloniya klubi 22 yoshli francuz bilan 5 yillik shartnoma tuzganini e'lon qildi.

Transfer 25 million evroga baholanmoqda. Umtitining Barselonadagi tovon puli 60 million evro deb yoziladi.

Futbolchi payshanba kuni Kataloniyaga yetib boradi va juma kuni rasmiy tanishtiruv marosimi bo'lib o'tadi.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcbarcelona.com