"Barselona" uchun yaxshi yangilik. Jamoaning asosiy darvozaboni qaytishga yaqin

Sherzod Nurmatov
31 okt 2025, 13:47
"Barselona" darvozaboni Joan Garsiya La Liganing 6-turida "Real Ovedo"ga qarshi o'yinda olgan jarohatidan so'ng maydonga qaytishga tayyorgarlik ko'rmoqda.

Jurnalist Fernando Polning so'zlariga ko'ra, darvozabon allaqachon to'rtta mashg'ulotni yakunlagan va o'zini ancha yaxshi his qilmoqda. Tibbiy guruh Garsiyaga bo'lajak o'yinlarda ishtirok etish uchun ruxsat berishga tayyor va uning xalqaro tanaffusdan oldin maydonga qaytishi ehtimoli katta.

Agar hammasi yaxshi bo'lsa, Garsiya 9 noyabr kuni "Selta"ga qarshi o'yindayoq maydonga tushishi mumkin.

Ispaniyalik futbolchi ushbu mavsum "ko'k-anorranglilar" safida barcha musobaqalarda 7 o'yin o'tkazdi va shulardan 3 tasida darvozasini daxlsiz saqladi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Barca Universal