"Barselona" turkiyalik vunderkind transferini e'lon qildi

Sherzod Nurmatov
23 sen 2021
Kataloniya klubi rasmiy sayti "Kayserispor"ning 17 yoshli futbolchisi Emre Demir transferi rasmiylashtirilganini ma'lum qildi.

O'yinchi hozirgi mavsumni Turkiya klubida o'tkazadi, keyingi mavsumda esa "Barselona B"ga kelib qo'shiladi.

Turkiyalik iqtidorning Kataloniya klubi bilan kelishuvi 2027 yilgacha amal qiladi. Uning transfer summasi 2 million evro (+bonuslar)ni tashkil qildi.

Aytilishicha, Demirning "Barselona"dagi tovon puli – 400 million evro.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: fcbarcelona.com

O'xshash yangiliklar