“Barselona” Tibo Kurtuani sotib olish niyatida

5 sen 2013, 12:15
“Barselona” klubi huquqiy jihatdan “Chelsi”ga tegishli bo'lgan, “Atletiko” darvozaboni Tibo Kurtuani sotib olish variantlarini ko'rib chiqmoqda, deb xabar beradi Marca.

Kataloniya klubi futbolchi vakillari bilan uchrashgan va amalga oshishi mumkin bo'lgan transfer uchun ijobiy javob olgan.

“Chelsi” Kurtua bilan shartnomani 2016 yilgacha uzaytirishga qiziqayapti, biroq darvozabonning o'zi “Barselona”ga o'tish niyatida ekanligi sababli, aristokratlar bilan jiddiy muzokara olib bormayapti.

Eslatib o'tamiz, “Barselona” menxengladbaxning “Borussiya” klubi darvozaboni Mark-Andre ter Stegen bilan ham qiziqmoqda. Biroq Kurtua “Barselona”ning asosiy varianti bo'lib turibdi.


Manba: sports.ru