"Barselona" tarbiyalanuvchisi: "Real" "Jirona"ni oson yutamiz deb o'ylagan"

Aslanov Jasurbek
31 okt 2017
"Barselona" tarbiyalanuvchisi va sobiq futbolchisi, hozirda "Jirona" sharafini himoya qilayotgan Mark Munesaning fikricha, "Real" LaLiganing 10-turida raqibini mensimagan.

"Real" futbolchilari meni hayron qoldirishdi, chunki ular maydonga bo'shashgan holatda, muammo bo'lmaydi deb chiqishdi. "Real" "Jirona"ni oson yutamiz deb o'ylab adashdi. Isko o'z uslubida o'ynagan yagona futbolchidek tasavvur uyg'otdi. "Real"ni mag'lub etish oson emas, shu sababli qilgan ishimizdan faxrlana olamiz" - deydi Munesa.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: AS