

Xabar berilishicha, "ko'k-anorranglilar"ning sobiq murabbiyi sud jarayonida klubdan 14 million evro undirib olishi mumkin.
Seten ishdan bo'shatilgani uchun unga kompensaciyani to'liq to'lashni davo qilmoqda.
Eslatib o'tamiz, Kike Seten 2020 yilning yanvaridan avgustigacha "Barselona"ni boshqargan. Ushbu murabbiy boshchiligidagi so'nggi o'yinda kataloniyaliklar Chempionlar ligasi chorak finalida "Bavariya"ga 2:8 hisobida imkoniyatni boy berdi.



