"Barselona" "Sevilya"ga qarshi bahs uchun qaydnomani e'lon qildi. Dembele tarkibda yo'q, Boateng ro'yxatda

Aslanov Jasurbek
30 yanv 2019, 15:32
"Barselona" matbuot xizmati "Sevilya"ga qarshi bo'lib o'tadigan Ispaniya Kubogi chorak final javob o'yini uchun 18 kishilik qaydnomani e'lon qildi.

Qaydnomaga Kataloniya klubining yangi hujumchisi Kevin-Prins Boateng kiritilgan. Usmon Dembele jarohat olgani uchun ro'yxatga kiritilmadi.

Qaydnoma

Darvozabonlar: Ter Shtegen, Sillessen.

Himoyachilar: Semedo, Pike, Langle, Xordi Alba, Vermalen.

Yarim himoyachilar: Rakitich, Buskets, Koutino, Artur, Malkom, Serxi Roberto, Alena, Vidal.

Hujumchilar: Suares, Messi, Boateng.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: fcbarcelona.com