Barselona Realdan oldin Torresni sotib olmoqchi

Narzulla Saydullayev
5 okt 2017, 00:15
Barselona Valensiyaning 17 yoshli yarim himoyachisi Ferran Torres uchun belgilangan tovon pulini to'lab uni sotib olmoqchi.

Yarim himoyachining shartnomasi 2018/19 yilga qadar mo'ljalangan va tovon puli 8 million evroga teng.

Barselonadan tashqari unga Real, PSJ va Yuventus klublari qiziqmoqda.

Valensiyada futbolchi bilan shartnomani bir yilga uzaytirishi va tovon pulini 25 million evro qilib belgilash imkoniyati mavjud.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: Sport.es