"Barselona" "Real" homiysi bilan 207,5 mln evrolik bitim imzoladi

Omonjon To`xtamirzayev
30 iyun 2022, 18:29
"Barselona" telehuquqlarining bir qismini sotish orqali kattagina mablag' ishlab oldi.

"Sixth Street" nomli Amerika investiciya kompaniyasi ispan klubining La Liga uchrashuvlarining telehuquqlarining 10%ni 207,5 million evroga sotib oldi. "Sixth Street" TV-huquqlar orqali keyingi 25 yil davomida foyda ko'radi.

Shunday qilib, "Barsa" kapitalining umumiy o'sish ko'rsatkichi 267 mln evroni tashkil etadi.

Avvalroq klub moliyaviy holatini o'nglash uchun televizion huquqlarining 25% va atributikalar biznesining deyarli 50% sotishga qaror qilgani ma'lum bo'lgandi. 

"Sixth Street" bundan tashqari "San-Antonio" basketbol klubining 20%ga egalik qiladi, Qizig'i, ushbu kompaniya "Real"ga ham 380 million dollar moliya kiritgan. Madrid klubi stadiondan tushgan foydaning 30% amerikaliklarga o'tkazib beradi.

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: sports.ru