"Barselona" Rakitich bilan shartnomani uzaytirmoqchi

Aslanov Jasurbek
25 yanv 2016, 16:41
"Barselona" rahbariyati va murabbiylar shtabi jamoa yarim himoyachisi Ivan Rakitichning o'yinidan mamnun.

Ma'lumotlarga ko'ra, Kataloniya klubi xorvatiyalik futbolchi bilan shartnomani uzaytirmoqchi. Klub bu ishni Neymar va Buskets bilan kelishuv uzaytirilganidan so'ng amalga oshirmoqchi.

Rakitichning ispan grandi bilan amaldagi bitimi 2019 yilgacha belgilangan, ammo klub hozirdanoq muzokaralarni boshlash niyatida.

Ispaniya chempionatining turnir jadvali bilan tanishing.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: El Mundo Deportivo