"Barselona" rahbariyati jamoani boshqarish uchun uch nomzodni tanlab oldi

Mirjalol Normatov
15 yanv 2019, 21:28
"Barselona" rahbariyati jamoani boshqarish uchun short-listni tuzib oldi.

Agarda Ernesto Valverde "Barselona" bilan shartnomani uzaytirmasligini ma'lum qilsa, uning o'rnida ishlaydigan nomzodlar bilan muzokaralar boshlanadi.

"Goal" xabariga ko'ra, hozirda kataloniyaliklarning short-listiga "Al Sadd" futbolchisi Xavi, "Monako" ustozi Terri Anri va "Arsenal"ning sobiq bosh murabbiyi Arsen Venger kiritilgan.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal