

Ma'lumotlarga ko'ra, klub futbolchining mahoratiga shubha qilmayapti va uning ko'nikishiga vaqt kerakligini tushunmoqda. Biroq klubdagilar u yanada foydaliroq o'ynashini kutishyapti, chunki futbolchi uchun "Lids"ga 65 mln. evro to'langan edi.
"Barselona" vakillari Rafinya agenti Deku bilan uchrashib, bu haqda ma'lum qilishgan. Futbolchining o'zi kelasi mavsum klubda qolishni reja qilmoqda.
Kataloniya klubining so'nggi qarori mavsum oxirida Rafinyaning o'yini tahlil qilinganda e'lon qilinadi.
Rafinya joriy mavsum LaLiganing 16ta uchrashuvida 2ta gol urishga muvaffaq bo'ldi.



