"Barselona" qishki transferlar oynasidagi asosiy nishonlarini aniqlab oldi

Mirjalol Normatov
11 okt 2018, 00:13
"Barselona" qishda himoya chizig'ini mustahkamlamoqchi.

"Mundo Deportivo" xabariga ko'ra, jamoa murabbiylar shtabi qishki transferlar oynasida olib kelinadigan futbolchilar ro'yxatini tuzib qo'ygan.
Unga "Ayaks"dan Matteys De Ligt, "Inter"dan Milan Shkrinyar, "Leyptsig"dan Dayot Upomekanu va "Napoli"dan Kalidu Kulibali kabi futbolchilar o'rin olgan.

"Barselona" ayni damda LaLiga turnir jadvalining ikkinchi pog'onasida ketmoqda.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Mundo Deportivo