"Barselona" "qiroli" uchun yil yakunlandi

Mirjalol Normatov
12 sen 2021, 17:11
"Barselona" hujumchisi Martin Breytueyt jarohati sababli uzoq muddatga safdan chiqdi.

"Sport.es" xabariga ko'ra, daniyalik futbolchi tizzasidan olgan jarohati sababli 3-4 oy futbol o'ynamaydi. Futbolchi bugun chuqurlashtirilgan tibbiy ko'rikdan o'tgan.

Endi "Barselona"da faqatgina bir nafar markaziy hujumchi qoldi - Lyuk de Yong. Argentinalik Serxio Aguero esa mavsum startidan buyon lazaretda bo'lib turibdi.

Martin ushbu mavsumda 3 o'yinda qatnashib, 2 gol va 1 assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Sport.es