"Barselona" prezidentligiga sobiq nomzod: "Messini olib qolish mumkin edi"

Alisher
20 dek 2021
"Barselona" forvard Lionel Messini saqlab qolishi mumkin edi.

Bu haqda "ko'k-anorranglilar" prezidentligi uchun sobiq davogar Viktor Font aytdi.

"Men bu amalga oshmasligiga ishonchim komil edi. Bizda maosh fondini tushiradigan reja bor edi. Bu Leo bilan yangi shartnoma imzolash imkonini berar edi. Messining umrbod shartnoma imzolashini xohlagandim", - deydi Font.

Eslatib o'tamiz, Kataloniya prezidentligi uchun kurashda Joan Laporta g'olib bo'ldi. Messi esa o'tgan yozda klubni tark etdi va PSJ bilan shartnoma imzoladi.


AlisherMuallif
Manba: Diario Sport