"Barselona" prezidentligiga nomzod: "Messi ketadi"

Mirjalol Normatov
23 avg 2020, 17:52
"Barselona" prezidentligiga nomzod Augusto Beneditoning aytishiga ko'ra, hujumchi Leo Messi ushbu transfer oynasi vaqtida jamoani tark etadi.

"Bartomeu Messining ketishiga qo'yib beradi. Bu buyuk hikoyaning tragik yakuni bo'ladi. Uning ketishiga ishonyapman. Messi hozirgi "Barselona"dan mamnun emas", - dedi Augusto.

Qayd etish kerak, "Barselona" prezidentligi uchun saylov iyun oyida bo'lib o'tishi kerak edi. Pandemiya sababli bu saylov kechiktirilmoqda. Hozirda saylovda Viktor Font nomzodi favorit bo'lib turibdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal