"Barselona" prezidenti: "Messi jamoa sardori bo'lganidan so'ng o'zgardi"
Aslanov Jasurbek
18 sen 2018, 11:37
"Barselona" prezidenti Xosep Mariya Bartomeuning so'zlariga ko'ra, sardorlik bog'ichi jamoa hujumchisi Lionel Messiga ta’sir ko'rsatdi.
"Messi bu yerda juda baxtli. U "Barselona" bilan g'alaba qozonishda davom etishidan mamnun. Sardorlik bog'ichi va jamoa mas'uliyatini o'ziga olgan Lionel o'zgardi" - deydi Bartomeu.
Messi joriy mavsumdan oldin jamoaning birinchi sardoriga aylandi.