"Barselona" Pogba uchun 80 mln. evro va qo'shimcha 10 mln. evro taklif qilishga tayyor

Aslanov Jasurbek
29 iyun 2015, 21:45
"Barselona" "Yuventus" yarim himoyachisi Pol Pogbani xarid qilish borasida Turin klubiga qanday taklif yuborish haqida bir to'xtamga keldi.

Kataloniya klubi Fransiya terma jamoasi futbolchisi uchun 80 mln. evro va uning jamoadagi muvaffaqiyatlari uchun yana 10 mln. evro berishga tayyor. Bundan tashqari Pogba yangi mavsumda "Yuventus" safida to'p tepishi mumkin.

Agar turinliklar ushbu taklifga rozi bo'lsa, "Barselona" futbolchi bilan o'zaro shartlarni kelishib olishi lozim. Oldinroq Pogba Kataloniya klubidan 12 mln. evrolik maosh so'rayotgan edi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com