“Barselona” Paulino uchun transfer summasi miqdorini oshirdi

Aslanov Jasurbek
8 iyul 2017, 02:00
“Barselona” o'z safiga “Guanjou Evergrand” yarim himoyachisi Paulinoni qo'shib olish fikridan qaytgani yo'q.

Kataloniya klubi futbolchi transferi uchun atalgan summa miqdorini 25 million evroga oshirdi. Braziliyalik futbolchining Xitoy klubi bilan tuzgan shartnomasida uning transferi 40 millionga belgilab qo'yilgan.

Ilgariroq “Guanjou” klubi bayonot bilan  chiqib, Paulinoni o'z tarkibida saqlab qolmoqchi ekanligini ma'lum qilgandi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Marca