Barselona o'z tarixida ettinchi bor oltin dublga erishdi

Narzulla Saydullayev
23 may 2016, 07:15
Barselona Ispaniya kubogi finalida Sevilyani mag'lub etdi (2:0) va sovringa ega chiqdi.

Shunday qilib, Kataloniya klubi o'z tarixida 28-marta Ispaniya kubogini qo'lga kiritdi. Bu mavsumda Ispaniya chempioni bo'lgan klub ketma-ket ikkinchi yil oltin dublni rasmiylashtirdi.

Ettinchi marta oltin dublga erishgan Barselona bu borada rekordchi hisoblanadi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia