“Barselona” o'rtoqlik uchrashuvida “Napoli”ni mag'lub etdi

8 avg 2019, 07:56
Mayamida Italiya hamda Ispaniya klublari o'zaro o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazdi.

Uchrashuvda hisobni “Barselona” yarim himoyachisi Serxio Buskets 38-daqiqada ochdi. Oradan 4 daqiqa o'tib Samyuel Umtiti o'z darvozasiga to'pni yo'llab, avtogol sohibiga aylandi. Kataloniyaliklarga g'alaba keltirgan gol esa Ivan Rakitich 79-daqiqada mualliflik qildi.

“Barselona” – “Napoli” 2:1

Gollar: 1:0 – 38 Buskets, 1:1 – 42, avtogol Umtiti, 2:1 – 79 Rakitich.

Barselona – Neto, Vage (Semedu, 66), Umtiti, Todibo (Pike, 66), Firpo, Puch (de Yong, 66), Rakitich, Buskets, Suares (Abel Ruis, 46), Karles Peres (Dembele, 66), Grizmann (Rafinya, 46).

Napoli – Meret, Di Lorenco (Xyusay, 77), Manolas (Luperto, 58), Maksimovich, Mariu Ruy (G'ulom, 58), Fabian Ruis (Verdi, 57), Zelinski, Kalexon, Elmaz (Gaetano, 57), Insine, Mertens (Milik, 58).

Ogohlantirishlar: Vage (47), Milik (70), Firpo (77), Xyusay (82).


O'xshash yangiliklar


Manba: Championat.asia