"Barselona" Neymar transferidan voz kechadi

Mirjalol Normatov
29 apr 2020, 00:37
"Barselona"dagiar PSJ hujumchisi Neymarning transferiga ishonch bildirishmayapti.

"L'Esportiu" xabariga ko'ra, Kataloniya klubi rahbariyati inqiroz sababli yozda katta transferlarni amalga oshirishdan bosh tortmoqda. Shuningdek, klub unga yiliga 30 mln evro maosh ham to'la olmaydi.

O'z navbatida "Barselona" endi "Inter" hujumchisi Lautaro Martinesning xizmatlariga ko'z tikmoqda.

Ushbu mavsumda Neymar PSJ tarkkibida 22 o'yinda 18 gol va 10 assist qayd etdi. Uning klub bilan shartnomasi 2022 yilning yoziga qadar davom etadi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: L'Esportiu