"Barselona" mashg'ulotni bir daqiqalik sukut bilan boshladi (foto)

Aslanov Jasurbek
18 avg 2017, 13:42
Kecha, Barselona shahrida noma'lum shaxs odamlar ustiga mashina bilan bostirib borib, bir necha kishining hayotiga zomin bo'lgani ma'lum qilingan edi.

"Barselona" klubi shu munosabat bilan bugun bo'lib o'tgan tonggi mashg'ulotni bir daqiqa sukut bilan boshladi.


Policiya bu hujumni terakt deb baholadi. 100 nafar inson jarohatlangani aytilmoqda, ulardan 15 nafarining ahvoli og'ir. 13 nafar inson hayotdan ko'z yumgan.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia