"Barselona" – "Man Yunayted" o'yini Yevropa Ligasi tarixidagi eng ko'p tomoshabin kirgan o'yinga aylandi

Administrator
17 fev 2023, 23:56
YCHLning aksariyat o'yinlaridan ham katta afishaga ega uchrashuv tarixga kirdi.

Yevropa Ligasidan o'rin olgan "Barselona" – "Man Yunayted" (2:2) uchrashuvi ushbu turnir tarixidan o'rin oldi. Ushbu uchrashuvga 90 255 nafar tomoshabin tashrif buyurdi. Bu esa Yevropa Ligasi tarixidagi rekord natija hisoblanadi.

Yevropa Ligasining eng ko'p tomoshabin kirgan o'yinlari:

1. Barselona – Manchester Yunayted (2023 yil, 90 255 tomoshabin);

2. Tottenxem – Gent (2017, 80 465);

3. Manchester Yunayted – Liverpul (2016, 75 180);

4. Manchester Yunayted – Fenerbaxche (2016, 73 063);

5. Dinamo Kiev – Everton (2015, 67 553);

6. Manchester Yunayted – Ayaks (2012, 67 328).

O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: uefa.com