"Barselona" Luis Suaresni sotadi

Aslanov Jasurbek
9 may 2018, 18:14
"Barselona" forvardi Luis Suares yozda jamoani tark etishi mumkin.

Ma'lumotlarga ko'ra, Kataloniya klubi rahbariyati 31 yoshli hujumchini sotish yo'llarini ko'rib chiqmoqda.

"Barselona" "Atletiko"ga Antuan Grizmanning shartnomasida yozilgan 100 mln. evrolik tovon pulini to'lab, yaxshi taklif bo'lsa, Suaresni pullab yubormoqchi.

Suares 2014 yilning yozida "Liverpul"dan "Barselona"ga o'tgan edi. U ko'k-anorranglilar safida 195ta uchrashuvda maydonga tushib, 151ta gol urdi va 86ta golli pas berdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Catalunya Ràdio