“Barselona” Lautaro Martinesni sotib olishga harakat qiladi

15 fev 2020, 09:46
Argentinalik tez orada Kataloniya klubiga o'tishi mumkin.

“Barselona” tez orada “Inter” bilan Lautaro Martines transferi borasida muzokaralarni boshlaydi. Kataloniyaliklar futbolchining shartnomasida ko'rsatilgan 111 mln evroni to'lashga tayyor. Ushbu summani ayni damda “Real” va MYU ham to'lashga tayyorligi aytilmoqda.

Bundan tashqari “Barselona” kamroq summa bilan bir qatorda “Inter” qiziqish bildirgan Arturo Vidal va Ivan Rakitichlarni Lautaro transferiga qo'shish taklifini berishi mumkin.

O'xshash yangiliklar


Manba: Sky Sport Italy