"Barselona" "klassiko"ga Kruiff sharafiga bag'ishlangan yozuv tushirilgan futbolkalarda chiqadi

Aslanov Jasurbek
1 apr 2016, 17:48
"Barselona" ertaga "Real"ga qarshi Primeroning 31-tur uchrashuvi doirasida maydonga tushadi.

Kataloniya klubi futbolchilari ushbu uchrashuvda "Grácies Johan" ("Rahmat, Yoxan") degan yozuv tushirilgan futbolkalarda harakat qiladi.

Eslatib o'tamiz, bir necha kun oldin "Barselona" afsonasi Yoxan Kruiff rak tufayli olamdan o'tgan edi.


O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com