"Barselona" hujumchisi boshqa jamoaga o'tishni xohlamoqda

Alisher
28 avg 2019, 15:00
"Barselona" forvardi Abel Ruis jamoadan ketishni xohlamoqda.

19 yoshli ispaniyalik futbolchi faoliyatini ijara asosida boshqa jamoada davom ettirmoqchi.

Futbolchi "ko'k-anorranglilar" bosh murabbiyi Ernesto Valverdedan ko'proq o'yin amaliyotni talab qilayotgan edi.

"Barselona" rahbariyati esa o'yinchidan jamoada qolishni so'ragan.

Abel Ruis 2017 yildan buyon "Barselona"ning B jamoasida o'ynab kelmoqda.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Mundo Deportivo