"Barselona" futbolchisi: "Meni qamab olishgandek tuyulmoqda"

Mirjalol Normatov
27 mar 2020, 21:38
"Barselona" forvardi Martin Bretueyt karantinda vaqtini qanday o'tkazayotgani haqida gapirdi.

"Barselona" futbolchi mehmonxonada istiqomat qilayotgandi. Ammo mehmonxonalar yopilganidan keyin u Madridga, o'z uyiga qaytdi.

"8da uyqidan turaman, nonushta qilaman, nimadir o'qiyman yoki video ko'raman. 9:30dan boshlab mashg'ulot qilaman. Tushlik taxminan 14:00da bo'ladi. Kunning ikkinchi yarmini oilam bilan o'tkazaman.

Bundan doimo ijobiy narsalarni o'ylashga harakat qilaman. Kunimiz o'tyapti. Baribir maydonga tushmasligimni bilaman. Yangi klubimda meni qamab olishgandek tuyulmoqda", - dedi Breytueyt.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal