"Barselona" forvardi yana jarohat oldi

Eldor Akmurzayev
5 may 2019, 00:40
Ispaniya chempionatining 36-turida Selta o'z uyida Barselonani qabul qilmoqda.

Uchrashuvning 6-daqiqasidayoq mexmonlar forvardi Usmon Dembele jarohat olib, maydonni tark etdi. Uning o'rniga esa Aleks Kollado zaxiradan o'yinga qo'shildi. Hozircha, Dembelening holati haqida hech narsa ma'lum emas. Qayd etish joizki, 21 yoshli fransiyalik futbolchi mavsum davomida bir necha bor kataloniyaliklarning lazaretidan joy olgandi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: championat.asia