"Barselona" Ferran Torres uchun qancha to'lashi ma'lum bo'ldi

Оқил Абдубарноев
22 dek 2021, 20:39
"Barselona" va "Manchester Siti" Ferran Torresning transferi borasida kelishuvga erishdi.

Bonuslarni hisobga olmaganda, Kataloniya klubi yarim himoyachi uchun taxminan 55 million evro to'laydi. Hozirda tomonlar bonuslar miqdorini va to'lov muddatini muhokama qilishmoqda.

Joriy mavsumda 21 yoshli futbolchi "Manchester Siti" safida barcha turnirlar doirasida 7 ta o'yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: Diario Sport