"Barselona" Dibalaga qiziqmoqda

Aziz Tukhtamuradov
3 fev 2022, 09:26
Hujumchi Paulo Dibala "Yuventus"dan ketishi mumkin.

"Barselona" argentinalik futbolchini yozda erkin agent sifatida o'z safiga qo'shib olmoqchi. 

Fevral oyida futbolchining agenti turinliklar bilan uning kelajagini muhokama qiladi. Shundan so'ng bu borada aniq qarorga kelinadi. 

Ushbu mavsumda Dibala "Yuventus" safida 23 ta o'yinda maydonga tushib, 11 ta gol va 4 ta golli uzatma muallifiga aylangan. 

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: twitter.com/RudyGaletti