"Barselona" Dembeleni jazoladi

Aslanov Jasurbek
12 dek 2018, 12:05
"Barselona" hujumchisi Usmon Dembele mashg'ulotlarga kech qolavergani uchun klub tomonidan jazolandi.

Futbolchi 100 ming evro miqdorida jarima to'laydi.

Ma'lumotlarga ko'ra, klub Dembele atrofida shov-shuv bo'lmasligi uchun bu haqida rasman e'lon qilmadi. Futbolchi "Totttenxem"ga qarshi bahsda gol urishga muvaffaq bo'ldi.

Eslatib o'tamiz, forvard "Espanol"ga qarshi bahsdan keyin bo'lib o'tgan mashg'ulotga 2 soat kech qolgan edi. Ma'lum bo'lishicha, Dembele videoo'yinlar tufayli jamoa yig'inlariga kechikib kelayotgan ekan.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: L’Equipe