“Barselona” Dembeleni jarimaga tortadi

Usmon yana jazolanadi.

Bunga sabab Dembelening “Atletik B”ga qarshi o'yindan (0:1) so'ng tibbiy ko'rikdan o'tishdan bosh tortganligidir. Qayd etish joiz, futbolchi o'yindan bir kun o'tib tekshirilganda jarohat olgani ma'lum bo'ldi. Hozir esa Usmon jarohatni yashirganlikda gumon qilinmoqda. Agar bu o'z isbotini topadigan bo'lsa, La Liga fubtolchini bir oyga futboldan chetlatishi mumkin. Dembele La Liga jazosidan qutulib qolgan taqdirda ham “Barselona” uni har qanday holatda jarimaga tortadi.


Manba: Sport.es